Bugun 7 iyul, 2025 yil, dushanba

КИР

O‘zbekiston tashqi qarzi 68,4 mlrd dollarga yetdi

O‘zbekiston tashqi qarzi 68,4 mlrd dollarga yetdi

2025 yilning birinchi choragida mamlakat qarzi 4,3 mlrdga ko‘paydi.

O‘zbekistonning tashqi qarzi 2025 yilning birinchi choragida 68,4 mlrd dollarga etdi. Bu haqda Markaziy bank rasman ma’lum qildi. Qarzning 35,8 mlrd dollari davlat, 32,6 mlrd dollari esa korporativ sektori hissasiga to‘g‘ri keladi.

So‘nggi uch oyda tashqi qarz 4,3 mlrd dollarga oshgan bo‘lib, shundan 1,9 mlrd dollari davlat, 2,4 mlrd dollari esa kompaniya va banklar qarzi hisoblanadi. Taftishlarga ko‘ra, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan umumiy qarz 14,9 mlrd dollarga o‘sgan.

Mutaxassislar bu o‘sishni asosan samarasiz davlat kompaniyalari va tijorat banklari faoliyati bilan bog‘lamoqda. Tashqi qarz mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilayotgan loyihalarning iqtisodiy qaytishi shubhali ekani aytiladi.

Qarz yuki ortishi soliq bosimining kuchayishi va xizmatlar narxining oshib borishiga olib kelmoqda. Korporativ qarzlar esa, ayniqsa, tariflarning o‘sishi orqali aholiga bevosita ta’sir qilmoqda.

Moliyachilarning ta’kidlashicha, bunday sur’atdagi qarz oshishi davlat byudjeti va aholi barqarorligi uchun xavfli bo‘lishi mumkin. Mahalliy va xorijiy iqtisodchilar qarzdan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha choralar ko‘rishni tavsiya etmoqda.

Kiritildi: 17:23 05.07.2025. O'qildi: 809 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!