Bugun O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Rossiya tomoniga muhojirlar bo‘yicha qat’iy e’tirozini bildirib, diplomatik nota yubordi.
Rossiya hududida ayrim holatlarda O‘zbekiston fuqarolariga nisbatan ruxsatsiz tekshiruvlar, qo‘pol va hurmatsiz muomalalar kuzatilayotgani jiddiy tashvish uyg‘otmoqda.
Bu kabi harakatlar ikki davlat o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarga mutlaqo zid bo‘lib, ularning oldini olish maqsadida aniq choralar ko‘rish talab etiladi.
O‘zbekiston TIV barcha fuqarolarning sha’ni va qadr-qimmati himoya qilinishi, inson huquqlari va xalqaro huquq normalariga rioya etilishi kerakligini qat’iy ta’kidlaydi.
Moskvadagi elchixonamiz tomonidan Rossiya Tashqi ishlar vazirligiga yuborilgan notada:
➖ Rossiya hududidagi ayrim zobitlar tomonidan fuqarolarimizga nisbatan qo‘llanilayotgan kuch ishlatish holatlari;
➖ Bu holatlar inson huquqlarining yaqqol buzilishi ekanligi;
➖ Voqealarga huquqiy baho berish zarurligi qayd etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi ushbu masalani doimiy nazoratda ushlab turibdi va zarur hollarda qo‘shimcha choralar ko‘rishni davom ettiradi.