12 noyabr kuni O‘zbekiston va Rossiya terma jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tadigan o‘rtoqlik uchrashuvini tojikistonlik hakamlar brigadasi boshqaradi.
Uchrashuvni FIFA hakami Gulmurodiy Sa’dullo bosh hakam sifatida boshqarib boradi. Unga qanotlarda Hasan Karimov va Farhod Qurolov yordam beradi. Zaxira hakami esa o‘zbekistonlik Rinat Serazitdinov bo‘ladi.
O‘zbekiston - Rossiya o‘rtoqlik o‘yini 12 noyabr kuni soat 20:00da boshlanadi. Bahs "Paxtakor" stadionida bo‘lib o‘tadi.