O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Minsk shahrida Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashining navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etdi.
Davlatimiz rahbari YEOII bilan sheriklikni rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha o‘z nuqtai nazarini bayon qildi.
Rossiya Federasiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan ham ikki tomonlama uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Shu bilan davlatimiz rahbarining amaliy tashrifi yakuniga yetib, Prezidentimiz Toshkentga jo‘nab ketdi.