Bu haqda Checheniston milliy siyosat, tashqi aloqalar, matbuot va axborot vaziri Ahmad Dudayev ma’lum qildi.
"Rossiya prezidenti bilan uchrashuv norasmiy muhitda o‘tdi, ammo samimiyat va iliqlik bilan to‘la bo‘ldi. Vladimir Vladimirovich Adam Ramzanovichni bo‘lajak nikoh to‘yi bilan shaxsan tabriklab, unga mustahkam oilaviy baxt va Checheniston Respublikasiga hamda buyuk Vatanimizga xizmatda yutuqlar tiladi", — dedi Dudayev.
Avvalroq Checheniston rahbari Ramzan Qodirov Rossiya prezident Vladimir Putinga Adam Qodirovni oila qurishi munosabati bilan shaxsan tabriklagani uchun minnatdorlik bildirgan edi.
27 iyun kuni Checheniston rahbarining qizi Ayshat Qodirova 17 yoshli ukasi Adam uylanayotganligi haqida ma’lum qilgan edi. Ayshatning aytishicha, to‘y Qodirovlar avlodi tug‘ilib o‘sgan qishloqdagi uyda bo‘lib o‘tadi. Kreml hozircha bu tabrik haqida rasmiy bayonot bergani yo‘q.