Bugun 29 iyun, 2025 yil, yakshanba

КИР

Putin Ukraina bo‘yicha muhim bayonot berdi

Putin Ukraina bo‘yicha muhim bayonot berdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukraina bilan o‘tkazilayotgan muzokaralarda memorandumlar qarama-qarshi bo‘lsa-da, tomonlar «yaqinlashish yo‘llarini izlash» uchun muloqotni davom ettirishga tayyor ekanini ma’lum qildi.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya va Ukraina memorandumlarining mazmuni to‘liq bir-biriga zid ekanini ta’kidladi. Ammo u bu holatni tabiiy deb baholab, muzokaralarning asosiy maqsadi — tomonlar o‘rtasida yarashuv nuqtalarini topish ekanini ma’lum qildi.

Putinning so‘zlariga ko‘ra, Istanbuldagi ilk muzokaralarda ishtirok etgan Rossiya va Ukraina delegasiyalari hanuz doimiy aloqada bo‘lib turibdi. «Kelishilgan shartlar ijrosidan so‘ng muzokaralarning uchinchi bosqichini o‘tkazishga kelishilgan. Biz bunga tayyormiz», — dedi u.

Rossiya prezidenti bu jarayon Rajab Toyyib Erdo‘g‘an yordamida davom ettirilishiga va tomonlarning uchrashuvi Istanbulda bo‘lib o‘tishiga umid bildirdi.

Kiritildi: 16:36 28.06.2025. O'qildi: 1192 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!