O‘zbekistonlik yana bir futbolchi "Manchester Siti"ga o‘tishi mumkin. Milliy olimpiya qo‘mitasida davom etayotgan tadbirda Otabek Umarov “City Football group” O‘zbekiston klubini sotib olmoqchi ekanligi, shuningdek yana bir nafar o‘zbekistonlik futbolchi “Siti”ga o‘tishi kutilayotgani haqida gapirdi.
"Sitidagilar Husanov effekti haqida yaxshi fikrda. Ya’ni, uning transferi rasmiy sahifalarda yuqori ko‘rsatkich qayd etilishiga sabab bo‘lgan. Shu sababli hamkorlikning yangi yo‘nalishlari o‘rganib chiqilmoqda", — dedi Otabek Umarov.
“City Football group” bu "Man Siti" va yana bir nechta klublarni egasi sanalgan katta kompaniya bo‘lib, uni deyarli barcha qit’alarda klublari bor.