Isroil Eronga va uning yadroviy ob’ektlariga qarshi operasiyaga tayyorgarlikni 2010 yildayoq boshlagan. Bu haqda The Times xabar bermoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, MOSSAD agentlari o‘zlarining Erondagi shaxslari orqali mamlakat hududidagi yadroviy dasturning rivojlanishini kuzatib borgan. Isroil maxsus xizmatlari yer osti inshootlari, energiya ta’minoti infratuzilmalari va ventilyasiya tizimlari haqida keng ko‘lamli ma’lumotlarga ega bo‘lgan.
The Times nashri Isroil maxsus xizmatlariga tayangan holda yozishicha, Eron 2024 yilning oxirida "tadqiqot bosqichi"dan yadroviy qurol yaratish bo‘yicha amaliyot bosqichiga o‘tgan.
2025 yil 13 iyun kuni Isroil Eronga qarshi keng ko‘lamli operasiya boshladi. Urush zarbalari yadroviy ob’ektlar, harbiy bazalar va mamlakat qo‘mondonlik tarkibiga qaratilgan.