Bugun 29 iyun, 2025 yil, yakshanba

КИР

"Kiyev tobora xavfli joyga aylanmoqda"

"Kiyev tobora xavfli joyga aylanmoqda"

Rossiya tomonidan Kiyevga uyushtirilayotgan hujumlar kuchaygani sari, Ukraina poytaxtidan qochayotgan fuqarolar soni ham ormoqda, deb yozadi Germaniyaning NTV nashri.

Iyun oyida Rossiya Kiyevga nisbatan hujumlarini nafaqat ko‘paytirdi, balki yanada vayronkor qildi. Kiyev harbiy ma’muriyati rahbari Timur Tkachenko ma’lumotlariga ko‘ra, birgina oy ichida shahar tomon 285 dron va 65 raketa uchirilgan. Solishtirish uchun, yanvar oyida bor-yo‘g‘i 35 dron va bitta ballistik raketa qayd etilgan edi.

Iyun boshidan beri Kiyevda 42 kishi halok bo‘ldi, jumladan, 11 yoshli qizaloq, yana 234 kishi yaralandi. Hujumlar to‘lqin-to‘lqin bo‘lib, dronlar hujumidan keyin qisqa tanaffusdan so‘ng raketalar uchirilmoqda.

Yangi hujumlar sabab ko‘plab kiyevliklar yana ko‘chib ketish haqida o‘ylamoqda. 25 yoshli Ivan Ryabokon shunday deydi:

“Oldin Kiyev eng xavfsiz shahardek tuyulardi. Endi esa, ehtimol, kichikroq shaharga ketgan afzal bo‘lar.”

Avvalroq evakuasiya qilingan va keyin qaytganlar ham yana chiqib ketish haqida o‘ylashmoqda. Ularning biri — Valentina Osyadach:

“O‘tgan yoz men qaytdim, chunki bu mening yurtim. Endi esa, to‘g‘ri qaror qilganimga shubha qilyapman,” — deydi u to‘rt yoshli qizi bilan tanishining vayron bo‘lgan uyi oldida turib. Ular tundu yer osti avtoturargohida uxlashadi — sayohat anjomlari bilan va xavotirda.

Bu fon ostida, Kiyevdan, ayniqsa bolali oilalar tomonidan chiqib ketish hollari ko‘paymoqda. Sabab nafaqat vayronagartchiliklar, balki ruhiy charchoq hamdir. FVV psixologi Lyubov Kirnos bunday deydi:

“Biz sehrgar emasmiz, ammo odamlar bizdan mo‘’jiza kutyapti. Bu juda og‘ir.” U bir hujumdan keyin 120 kishiga yordam ko‘rsatgan.

Kiritildi: Bugun 08:56. O'qildi: 1193 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!