Bugun 25 sentyabr, 2026 yil, juma

КИР

O‘zbekiston Prezidenti va Gruziya Bosh vaziri telefon orqali muloqot qildi

O‘zbekiston Prezidenti va Gruziya Bosh vaziri telefon orqali muloqot qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Gruziya Bosh vaziri Irakliy Kobaxidze bilan telefon orqali muloqot qildi.

Davlatimiz rahbari Irakliy Kobaxidzeni tavallud kuni bilan samimiy tabriklab, unga mustahkam sog‘liq, Gruziya xalqiga farovonlik va bardavom ravnaq tiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 2-3 iyul kunlari Gruziyaga davlat tashrifi yakunlari bo‘yicha erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish doirasida O‘zbekiston – Gruziya strategik sheriklik munosabatlarini yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

O‘zaro savdo hajmini oshirish, sanoat kooperasiyasini kengaytirish, shuningdek, Gruziyaning Poti va Anakliya portlari infratuzilmasidan samarali foydalanish orqali transport jihatidan o‘zaro bog‘liqlikni kuchaytirishga alohida e’tibor qaratildi.

Kiritildi: Bugun 12:46. O'qildi: 257 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!