Bugun 11 dekabr, 2025 yil, payshanba

КИР

O‘zbekiston Prezidenti amaliy tashrif bilan Turkmanistonga jo‘nab ketdi

O‘zbekiston Prezidenti amaliy tashrif bilan Turkmanistonga jo‘nab ketdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedovning taklifiga binoan 4 avgust kuni BMTning Dengizga chiqish imkoni bo‘lmagan rivojlanayotgan mamlakatlar bo‘yicha uchinchi konferensiyasida ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan ushbu mamlakatga jo‘nab ketdi.

Avazada bo‘lib o‘tadigan konferensiyada transport jihatidan o‘zaro bog‘liqlikni mustahkamlash va savdo tartib-taomillarini soddalashtirish, iqtisodiy transformasiya, iqlim o‘zgarishiga va atrof-muhit uchun xatarlarga bardoshlilikni oshirish, Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish masalalari ko‘rib chiqiladi.

Avaza siyosiy deklarasiyasi va harakatlar dasturining qabul qilinishi ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, Prezidentimiz Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining yettinchi Maslahat uchrashuviga tayyorgarlik ko‘rish masalalariga bag‘ishlangan tadbirda ishtirok etadi va qator ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazadi.

Kiritildi: 15:48 04.08.2025. O'qildi: 1441 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!