Bugun 3 mart, 2026 yil, seshanba

КИР

Naqd pulga uy-joy, avtomobil oldi-sotdisi bekor qilinadi

Naqd pulga uy-joy, avtomobil oldi-sotdisi bekor qilinadi

2026 yil 1 apreldan quyidagilar uchun to‘lovlar faqatgina bank kartalari yoki elektron to‘lov tizimlari orqali amalga oshiriladi:

➖ davlat organlari tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar;

➖ elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichimlik suvidan foydalanganlik uchun to‘lovlar;

➖ alkogol va tamaki mahsulotlari;

➖ transportlarga yoqilg‘i quyish shoxobchalari orqali aholiga neft-gaz mahsulotlarini sotish va elektrda harakatlanadigan transportlarni zaryadlash bo‘yicha xizmatlar;

➖ qiymati 25 mln so‘mdan oshadigan tovar va xizmatlar;

➖ ko‘chmas mulk ob’ektlari, ishlab chiqarilganiga 10 yildan oshmagan M, N, O va G toifaga kiruvchi transportlar hamda maxsus avtotransport vositalarini sotish va sotib olish.

Kiritildi: 16:30 10.12.2025. O'qildi: 2601 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!