O‘zbekiston Respublikasi ochiq ma’lumotlar bo‘yicha xalqaro Open Data Inventory (ODIN) reytingida 2024 yil natijalariga ko‘ra, 198 ta mamlakat orasida 83 ball bilan 12-o‘ringa ko‘tarildi hamda Markaziy Osiyoda 1-o‘rinni saqlab qoldi.
Milliy statistika qo‘mitasi tomonidan “Statistika” integrallashgan axborot tizimi (SIAT) portalining ishga tushirilishi va uning imkoniyatlari Open Data Watch tashkiloti ekspertlari tomonidan ijobiy baholangan hamda Open Data Inventory reytingida O‘zbekistonning ijobiy natija qayd etishiga muhim omil bo‘lgan.
Ma’lumot uchun, Open Data Inventory (ODIN) – ochiq ma’lumotlar siyosatini ilgari surish, rasmiy statistika kamchiliklarini aniqlash, milliy statistika organlari bilan ma’lumotlardan foydalanuvchilar o‘rtasida muloqotni yaxshilash va ochiqlikni baholaydi.