Kecha, 28 aprel kuni soat 18:57 da Toshkent shahar FVBga 112 tizimi orqali, Chilonzor tumani "Beshqo‘rg‘on 4-tor" ko‘chasida joylashgan uylar birining ichiga ilon kirib olganligi va amaliy yordam zarurligi bo‘yicha murojaat kelib tushdi.
Xabarga ko‘ra, Chilonzor tumanidan FVB qutqaruvchilari voqea joyiga yetib borib, ilonni uyning ichidan olib chiqishdi. Ilon zararsizlantirilgan holda tabiatga qo‘yib yuborildi. Fuqaroga amaliy yordam ko‘rsatilgan.