Bugun 29 iyul, 2026 yil, chorshanba

КИР

O‘zbekiston milliy terma jamoasi Janubiy Koreyaga qarshi o‘yin o‘tkazadi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi Janubiy Koreyaga qarshi o‘yin o‘tkazadi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi kuzgi xalqaro kunlarda navbatdagi sinov-nazorat uchrashuvini o‘tkazadi.

Vakillarimiz 6 oktyabr kuni safarda Janubiy Koreya terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

Uchrashuv o‘tkaziladigan shahar va o‘yinning boshlanish vaqti haqida keyinroq qo‘shimcha ma’lumot beriladi. Koreyaliklar, shuningdek, 2 oktyabr kuni Venesuela bilan ham kuch sinashadi. Bu haqida KFA matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lumot uchun, bu yildan e’tiboran sentyabr va oktyabr oylaridagi fifa kunlari birlashdi. Bu terma jamoalarga futbolchilarni uzoq masofalarga ko‘p qatnatmasdan, 16 kunlik yagona yig‘in davomida ketma-ket 4 ta o‘yin o‘tkazishini ta’minlaydi.

Kiritildi: 12:24 28.07.2026. O'qildi: 516 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!