Bugun 28 avgust, 2026 yil, juma

КИР

O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi FIFA prezidenti haqida fikr bildirdi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi FIFA prezidenti haqida fikr bildirdi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro FIFA prezidenti Janni Infantino atrofida yuzaga kelgan vaziyatga munosabat bildirdi. Italiyalik mutaxassis o‘z pozisiyasini ijtimoiy tarmoq orqali ommaga yetkazgan.

Kannavaroning fikriga ko‘ra, Infantino FIFA rahbarligini boshqargan davrda jahon futbolida sezilarli o‘zgarishlar yuz bergan. Murabbiy so‘nggi o‘n yillikda erkaklar va ayollar futbolining rivojlanishida ijobiy siljishlar kuzatilganini ta’kidladi.

«Janni Infantino FIFA prezidenti bo‘lgan o‘n yil davomida katta ishlar amalga oshirildi. Buni inkor etish xolislikka to‘g‘ri kelmaydi», — deb yozdi Kannavaro Instagram sahifasida.

Ayni vaqtda FIFA rahbari atrofidagi bosim kuchaygan. Infantino 2027-yil mart oyida bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovi oldidan ishonchsizlik votumi xavfiga duch kelmoqda. Bunga jahon chempionatlarining tijoriy huquqlarining bir qismini xususiy investorlarga taklif etishga qaratilgan FIFA Forward Enterprise loyihasining muvaffaqiyatsiz yakunlangani sabab sifatida ko‘rsatilmoqda.

Infantino siyosatiga qarshi pozisiyada bir nechta yirik konfederasiyalar turibdi. Ular orasida UEFA, KONKAKAF va OFK bor. Yevropaning qator davlatlari ham FIFA rahbariyatini yangilash tarafdori ekanini bildirib, Infantinoni qo‘llab-quvvatlashdan voz kechgan.

Shu bilan birga, FIFA prezidenti tarafdorlari ham yetarlicha. Afrika futbol konfederasiyasi (CAF), Janubiy Amerika futbol konfederasiyasi (CONMEBOL), shuningdek, Marokash, Qatar, BAA, Meksika va Argentina Infantinoni qo‘llab-quvvatlamoqda.

Kiritildi: 23:19 27.08.2026. O'qildi: 544 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!