Britaniyalik aktyor Tim Karri 80 yoshida hayotdan ko‘z yumdi.
U 26 avgustga o‘tar kechasi Los Anjelesdagi xonadonida vafot etgan. San’atkorning o‘limi sababi hozircha rasman ochiqlanmagan.
Tim Karri 1946 yil 19 aprelda Buyuk Britaniyaning Cheshir grafligida tug‘ilgan. Unga dunyo miqyosida katta mashhurlikni “Rokki Horrorning dahshatli shousi” (1975) musiqiy filmidagi doktor Frenk-en-Ferter obrazi keltirgan.
Aktyor faoliyati davomida "Amadey", "Penzans qaroqchilari", "Spamalot", "Enni", "Afsona", "Uyda yolg‘iz 2" va "Mappetlar xazinasi oroli" kabi film, serial va teatr loyihalarida ishtirok etgan.
Karri, shuningdek, Stiven King asari asosidagi "U" filmida qo‘rqinchli masxaraboz Pennivayz rolini ijro etgan.
Ellik yillik faoliyati davomida aktyor uch marta “Toni” mukofotiga nomzod bo‘lgan hamda “Emmi” mukofoti bilan taqdirlangan.
Ma’lumot uchun, aktyor 2012 yilda og‘ir insultni boshdan o‘tkazgan edi. Shundan so‘ng uning miyasida jarrohlik amaliyoti o‘tkazilib, uzoq vaqt davolangan.
Kiritildi: Bugun 12:42.
O'qildi: 750 marta.
Fikrlar soni: 0 ta.