Donald Tramp Eron Oliy rahbari Mujtabo Xomanaiy Eronga qilingan zarbalar oqibatida halok bo‘lmaganini, biroq jiddiy jarohat olganini ma’lum qildi.
Tramp bu haqda amerikalik radio boshlovchisi Glenn Bekka bergan intervyusida aytgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Xomanaiy tanasining chap qismi, jumladan, qo‘li va oyog‘idan og‘ir jarohatlangan.
“Menimcha, u o‘lmagan. U tanasining chap tomonidan, qo‘li va oyog‘idan juda og‘ir jarohatlangan”, — deya ta’kidlagan Tramp.
Mujtabo Xomanaiy 2026 yil mart oyida, otasi Ali Xomanaiy AQSh va Isroilning Eronga qarshi harbiy operasiyasi vaqtida halok bo‘lganidan so‘ng, Eronning Oliy rahbari etib tayinlangan edi.
Kiritildi: Bugun 14:22.
O'qildi: 949 marta.
Fikrlar soni: 0 ta.