Rossiya prezidenti Vladimir Putin Xitoyning Tibet avtonom rayonida sel oqimlari oqibatida yuz bergan fojia munosabati bilan Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Szinpinga hamdardlik bildirdi.
Tegishli telegramma Kreml rasmiy saytida e’lon qilindi.
«Yaqinlari va qadrdonlarini yo‘qotganlarga hamdardlik va qo‘llab-quvvatlash so‘zlarimni yetkazishingizni so‘rayman», — deyiladi murojaatda.