Bugun 24 sentyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

O‘zbekiston Milliy kutubxonasi ortidagi 1,3 gektar hududda avtoturargoh tashkil etilishi rostmi?

O‘zbekiston Milliy kutubxonasi ortidagi 1,3 gektar hududda avtoturargoh tashkil etilishi rostmi?

Ijtimoiy tarmoqlarda Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi ortidagi 1,3 gektar hududda avtoturargoh tashkil etish va hududni obodonlashtirish loyihasi rejalashtirilayotgani haqida ma’lumotlar tarqalmoqda.

Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi ma’lum qiladiki, mazkur loyiha bo‘yicha hozircha ekologik ekspertiza xulosasi mavjud emas.

Shu sababli hududda har qanday qurilish va obodonlashtirish ishlari, jumladan daraxt va butalarga, yashil maydonlarga hamda tuproq qoplamiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan ishlar tegishli ekologik baholashdan o‘tkazilmasdan amalga oshirilishi mumkin emas.

Loyihada 1 000 dan ortiq daraxt va buta ekilishi rejalashtirilgani qayd etilgan. Biroq yangi ko‘chatlar mavjud ko‘p yillik daraxtlar va shakllangan yashil hududlarning ekologik, iqlimiy va rekreasion ahamiyatini to‘liq o‘rnini bosa olmaydi.

Qo‘mita hududdagi mavjud yashil maydon va daraxtlarni maksimal darajada saqlab qolish, ularni to‘liq xatlovdan o‘tkazish hamda loyiha hujjatlarini belgilangan tartibda ekologik ekspertizadan o‘tkazish zarur, deb hisoblaydi.

Kiritildi: 20:22 23.09.2026. O'qildi: 413 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!