Bugun 24 sentyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

Abduvohid Ne’matov tanqidlarga javob berdi: "Butun jamoa yutqazgan edi"

Abduvohid Ne’matov tanqidlarga javob berdi: "Butun jamoa yutqazgan edi"

O‘zbekiston milliy terma jamoasi Eronga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi oldidan tayyorgarlikni davom ettirmoqda. Mashg‘ulotlar jarayonida darvozabon Abduvohid Ne’matov jurnalistlarning savollariga javob berdi.

Uning ta’kidlashicha, terma jamoa endi asosiy e’tiborni Osiyo Kubogiga tayyorgarlikka qaratgan.

"Jahon chempionatidan keyin Osiyo Kubogiga tayyorgarlik boshlangan. Oldimizda uchta o‘rtoqlik uchrashuvi bor va hozir shu bahslarga hozirlik ko‘ryapmiz. Tarkibga yangi futbolchilar qo‘shildi. Xudo xohlasa, ular ham tezda moslashib ketishadi", — dedi Ne’matov.

Darvozabon Jahon chempionatidan keyin O‘zbekiston posbonlari manziliga aytilgan tanqidlarga ham munosabat bildirdi.

"Masalan, Portugaliyaga qarshi o‘yinni olaylik. Bu bir darvozabonning mag‘lubiyati emas. Butun jamoa yutqazdi. Tanqid doim bo‘ladi — mendan oldingi darvozabonlarga ham bo‘lgan, mendan keyingilarga ham bo‘ladi. Eng muhimi, ishlashda davom etish", — dedi u.

Ne’matov terma jamoada birinchi raqamli darvozabon bo‘lish ehtimoli haqidagi savolga esa jamoada 2020 yildan beri ishtirok etib kelayotganini va har safar bor imkoniyatini ishga solishga harakat qilishini aytdi.

Shuningdek, "Nasaf" safida so‘nggi uchrashuvda penaltidan gol urgan Ne’matov terma jamoada ham shunday imkoniyat tug‘ilsa, undan foydalanishga tayyorligini bildirgan.

Kiritildi: 11:42 23.09.2026. O'qildi: 822 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!