Inson huquqlari «Ezgulik» jamiyati raisi Abdurahmon Tashanovning Harbiy prokuratura, sobiq harbiy prokuror Otabek Xolboyev va tergovchi Timur Muhitdinovga qarshi da’vosi Mirobod tumani sudida ko‘rib chiqildi.
Sud Tashanovning sha’n, qadr-qimmat va zararni qoplash bo‘yicha da’vosini qisman qanoatlantirdi.
Qarorga ko‘ra, Harbiy prokuraturadan unga 5 mln so‘m — ma’naviy zarar va 10 mln so‘m — moddiy zarar undiriladigan bo‘ldi.
Harbiy prokuratura shu yil bahorida Tashanovni internetda yolg‘on xabar tarqatishda ayblab, nohaq ma’muriy javobgarlikka tortgandi. Mirobod jinoiy uni sudi oqladi. Shundan so‘ng Tashanov o‘zini nohaq ayblab sudga chiqargani uchun ularni sudga bergan.