Bugun 24 sentyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

O‘zbekiston Qahramoni Parda Ziyatov vafot etdi

O‘zbekiston Qahramoni Parda Ziyatov vafot etdi

Butun hayoti va faoliyatini qishloq xo‘jaligi sohasi rivojiga bag‘ishlagan taniqli fermer, O‘zbekiston Qahramoni Parda Ziyatov 79 yoshida vafot etdi. Shu munosabat bilan prezident Shavkat Mirziyoyev hamdardlik bildirdi.

P.Ziyatov 1990–1995 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputati, 2005–2015 yillarda Oliy Majlis Senati a’zosi hamda ko‘p yillar davomida Xalq deputatlari viloyat va tuman kengashlari deputati sifatida faoliyat yuritib, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholining turmush sharoitini yaxshilash, qurilish-bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlarida jonkuyarlik va tashabbuskorlik fazilatlarini namoyon etdi.

P.Ziyatov so‘nggi yillarda, nafaqada bo‘lishiga qaramasdan, qishloq va mahallalarni obod qilish, keksa avlod vakillarini qo‘llab-quvvatlash, yoshlarni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash jarayonlarida faol ishtirok etdi.

Kiritildi: 14:32 23.09.2026. O'qildi: 791 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!