Men Putin bilan istalgan vaqtda uchrashishga tayyorman. Bir-birimizdan nafaratlanishda davom etaylik, siz ham nafratlaning, dushmanlarmiz — hammasi aniq. Lekin urushni tugataylik, dedi Ukraina prezidenti.
Zelenskiyning boshqa bayonotlari:
- Biz energetika sulhiga tayyormiz: agar Rossiya bizning energetika sektorimizga hujum qilishni to‘xtatsa, Ukraina ham energetika inshootlariga hujum qilishni to‘xtatadi. Agar Rossiya javob zarbalarini to‘xtatsa, Kiyev Rossiya energetika tarmog‘iga hujumlarni to‘xtatishga tayyor;
- Menimcha, Putin uch tomonlama uchrashuvga va urushni tugatishga tayyor emas. Tramp uch tomonlama uchrashuv tashkil qilishi mumkin, unda rahbarlar barcha dolzarb masalalarni muhokama qilishlari va urushni tugatishga harakat qilishlari mumkin. Men Putin bilan istalgan vaqtda uchrashishga tayyorman;
- Odamlar urushni tugatish va buning tarixiy sabablari haqida gapirishganda, bu – shunchaki safsata. Agar urushni tugatishni istasangiz, hech qanday urush boshlamaysiz. Agar muammoni hal qilmoqchi bo‘lsangiz, uni hal qilasiz;
- Zelenskiyning aytishicha, u Trampdan Ukrainaga Patriot havo mudofaasi raketalari bilan yordam berish haqidagi iltimosiga aniq javob olmagan.