Bugun 7 sentyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

O‘zbekiston milliy jamoasi yarim himoyachisi yangi jamoaga ko‘chib o‘tdi

O‘zbekiston milliy jamoasi yarim himoyachisi yangi jamoaga ko‘chib o‘tdi

O‘zbekiston milliy jamoasi yarim himoyachisi Aziz G‘aniyevning faoliyatidagi navbatdagi manzil ma’lum bo‘ldi. 28 yoshli futbolchi BAA chempionatida ishtirok etuvchi "Baniyas" safiga qo‘shildi.

G‘aniyev uchun bu Birlashgan Arab Amirliklaridagi uchinchi klub bo‘ladi. Hamyurtimiz avval "Shabab-Al-Ahli" sharafini himoya qilgan, keyinchalik esa "Al-Bataeh"da faoliyat olib borgan.

O‘tgan mavsumda Aziz BAA chempionatida 25 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

"Baniyas" yangi mavsumni omadsiz boshladi. Jamoa dastlabki to‘rtta uchrashuvning barchasida mag‘lubiyatga uchragan va ochko jamg‘ara olmagan holda turnir jadvalining so‘nggi pog‘onasida bormoqda.

Qayd etish kerak, G‘aniyev "Baniyas" libosini kiyadigan ilk o‘zbekistonlik futbolchi emas. Avvalroq Otabek Shukurov va Akmal Mozgovoy ham ushbu klub sharafini himoya qilgan.

Kiritildi: 22:54 06.09.2026. O'qildi: 198 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!