Bugun 28 sentyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

O‘zbekiston Makkaga qaratilgan hujumga urinishni qat’iyan qoraladi

O‘zbekiston Makkaga qaratilgan hujumga urinishni qat’iyan qoraladi



O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Saudiya Arabistonining muqaddas Makka shahriga uchuvchisiz uchish apparati orqali hujum qilishga urinishni qat’iyan qoraladi.
Vazirlik Saudiya Arabistoni bilan to‘liq birdamligini bildirib, muqaddas qadamjolar, tinch aholi va fuqarolik infratuzilmasiga tahdid soluvchi har qanday harakatni nomaqbul deb atadi.

Shuningdek, barcha tomonlar vazminlikka, xalqaro huquq normalariga rioya qilishga, davlatlarning suvereniteti va hududiy yaxlitligini hurmat qilishga chaqirildi. O‘zbekiston keskinlikni pasaytirish va mintaqada tinchlik hamda barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.

Kiritildi: 16:42 17.09.2026. O'qildi: 597 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!