Bu haqda I24NEWS nashri vaziyatdan xabardor manbalariga tayanib xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, ish Erdo‘g‘anning kurdlarga nisbatan siyosati va Turkiyaning HAMASga yordami bilan bog‘liq. Netanyahu ushbu ishdan Erdo‘g‘anga bosim o‘tkazish vositasi sifatida foydalanishga umid qilmoqda.
Isroil ishni vositachi davlatlar orqali Xalqaro jinoiy sudga taqdim etishi mumkin. Isroil va Turkiya Rim statutini imzolamagan va Xalqaro jinoiy sud yurisdiksiyasini tan olmaydi.