O‘zbekiston kubogi guruh bosqichi 1-turidan o‘rin olgan "Andijon" – "Surxon" o‘yini 16-aprel sanasiga rejalashtirilgandi. Mazkur bellashuv Andijon shahridagi siyosiy tadbirlar sabab bir kun keyinga ko‘chirildi, deya xabar berdi liga matbuot xizmati.
15-17-aprel kunlari Davlat rahbarining Andijon viloyatiga tashrifi rejalashtirilganligi sababli klubning kubok doirasidagi "Surxon"ga qarshi bellashuvi 17-aprel kuni 19:00 ga belgilandi.
O‘z navbatida, "Surxon" jamoasining Superliga 6-turi doirasidagi "Navbahor"ga qarshi bahsi 21-aprel kuni bo‘lib o‘tadi.