Bugun 4 avgust, 2025 yil, dushanba

КИР

O‘zbekiston Korrupsiyaga qarshi xalqaro shartnomaga qo‘shildi

O‘zbekiston Korrupsiyaga qarshi xalqaro shartnomaga qo‘shildi

O‘zbekiston 2013 yil 25 oktyabrda Minsk shahrida imzolangan Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha davlatlararo kengash tuzish to‘g‘risidagi bitimga rasman qo‘shildi. Bu haqda Prezidentning 2025 yil 30 iyuldagi PQ-240-sonli qarorida ma’lum qilindi.

Qarorga ko‘ra, mazkur xalqaro shartnoma korrupsiyaga qarshi kurashda davlatlar o‘rtasida hamkorlikni kuchaytirish, tajriba almashish va samarali chora-tadbirlar ishlab chiqishni maqsad qiladi. O‘zbekistonning qo‘shilishi mazkur yo‘nalishdagi xalqaro maydondagi hamkorligini kengaytiradi.

Tashqi ishlar vazirligi shartnomani amalga oshirishga mas’ul bo‘lgan vakolatli organ haqidagi ma’lumotni tegishli tartibda depozitariyga yuborish vazifasini bajaradi. Shu bilan birga, kelishuv shartlarini bajarish uchun Vazirlar Mahkamasi va tegishli vazirlik hamda idoralar mas’ul etib belgilandi.

Bitim kuchga kirgach, O‘zbekiston davlatlararo kengash doirasida korrupsiyaga qarshi qonunchilikni muvofiqlashtirish, amaliy hamkorlik va xalqaro loyihalarda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Kiritildi: 16:22 01.08.2025. O'qildi: 514 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!