Bugun 19 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

O‘zbekiston kamonchilari Osiyo kubogida oltin medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston kamonchilari Osiyo kubogida oltin medalni qo‘lga kiritdi

Tailandning Bangkok shahrida kamondan otish bo‘yicha Osiyo kubogining I bosqichi o‘z nihoyasiga yetdi.

Kamondan otish bo‘yicha O‘zbekiston ayollar terma jamoasi Osiyo kubogida oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Musobaqaning saralash bosqichida qizlarimiz BAA, Hindiston, Yaponiya kabi kuchli jamoalarni mag‘lub etishdi.

Finalda esa malayziyalik merganlar 5:3 hisobida dog‘da qoldirildi.

Turnirda Ziyodaxon Abdusattorova, Nilufar Hamroyeva, Jasmina Nurmanova va Omina Ergasheva yurtimiz sharafini munosib himoya qildi.

Kiritildi: 14:46 23.02.2025. O'qildi: 1422 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!