Bugun 17 aprel, 2024 yil, chorshanba

КИР

O‘zbekiston fuqarosida koronavirusning omikron shtammi aniqlandi. U boshqalarga ham yuqtirgan

O‘zbekiston fuqarosida koronavirusning omikron shtammi aniqlandi. U boshqalarga ham yuqtirgan

Koreya Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish agentligi omikron koronavirus shtammining birinchi holatlari haqida xabar berdi, deb yozadi The Korea times mahalliy gazetasi.

Xabar qilinishicha, er-xotin 24 noyabr kuni Nigeriyadan Janubiy Koreyaga qaytgan va 25 noyabr kuni COVID-19 tashxisi qo‘yilgan. Ma’lum bo‘lishicha, 29 noyabr kuni koronavirus infeksiyasi aniqlangan o‘zbekistonlik tanishi ularni aeroportdan uyiga olib borgan.

Keyinchalik, COVID-19 er-xotinlar va ular bilan yaqin aloqada bo‘lgan boshqa shaxslarning farzandida topilgan.

Rasmiylarning fikricha, bu vaqt ichida Koreyaning ikki fuqarosi, bir nafar O‘zbekiston fuqarosi va ularning oila a’zolari aloqada bo‘lganlar soni 270 ga yaqin kishini tashkil etgan.

Bundan tashqari, O‘zbekiston fuqarosida COVID-19 tashxisi qo‘yilganidan bir kun avval u Incheon shahridagi diniy muassasaga tashrif buyurgan, u yerda 400 dan ortiq xorijiy fuqarolar yig‘ilgan. Hozirgi vaqtda bu dindorlar ham test topshirishi kerak.

Kiritildi: 14:20 03.12.2021. O'qildi: 10576 marta. Fikrlar soni: 10 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!