Bugun 24 dekabr, 2024 yil, seshanba

КИР

O‘zbekiston eksportida yangi bozorlar haqida ma’lumot berildi

O‘zbekiston eksportida yangi bozorlar haqida ma’lumot berildi

2024 yilning 3-choragida Buyuk Britaniya, Hindiston, Kanada, AQSH, Tailand, Avstraliya kabi mamlakatlarda O‘zbekistonda yetishtirilgan meva-sabzavotlar hamda ulardan tayyorlangan turli xil qiyom va sharbatlarga bo‘lgan talab yuqori bo‘lgan.

Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti tadqiqoti natijalariga ko‘ra, ushbu mahsulotlarni eksport qilish bo‘yicha Surxondaryo, Xorazm, Farg‘ona, Samarqand, Qashqadaryo va Andijon viloyatlari yaxshi imkoniyatlarga ega bo‘lib, qayd etilgan mamlakatlarga eksportni doimiy ravishda yo‘lga qo‘yish mazkur hududlarning iqtisodiy ahvolini yaxshilashga xizmat qiladi.
O‘zbekiston eksportida yangi bozorlar haqida ma’lumot berildi

Ip-gazlama, kiyimlar, kimyoviy tola va teri mahsulotlariga bo‘lgan talab esa AQSH, Fransiya va Indoneziya davlatlarida yuqori ekanligi aniqlandi. Ushbu tovarlarni eksport qilishda nisbiy ustunlikka ega bo‘lgan Namangan, Qashqadaryo, Toshkent, Sirdaryo viloyatlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi tadbirkorlarida mazkur bozorlarga chiqish imkoniyatlari mavjud.

O‘zbekiston o‘g‘itlar, kimyoviy mahsulotlar, un va kraxmal mahsulotlarini eksport qilishda ham nisbiy ustunlikka ega bo‘lib, mazkur mahsulotlarga asosan AQSH, Buyuk Britaniya, Malayziya, Hindiston, Kanada, Koreya Respublikasi davlatlarida talab yuqori. Farg‘ona, Navoiy va Toshkent viloyatlari hamda Toshkent shahri tadbirkorlari ushbu mahsulotlarni nisbatan pastroq xarajatlar evaziga eksport qilishi mumkin.

Kanada, Fransiya, AQSH, Germaniya, Koreya Respublikasi, BAA va Xitoy kabi mamlakatlardagi ko‘pgina buyurtmachilarga esa O‘zbekistonning qimmatbaho toshlari va metallar, rux va mis mahsulotlari zarur ekanligi aniqlandi.

Institut ushbu mahsulotlarni eksport qilish Navoiy va Toshkent viloyatlari hamda Toshkent shahrida faoliyat olib boruvchi tadbirkorlarga tavsiya etadi.

Kiritildi: 00:01 02.11.2024. O'qildi: 721 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!