Ular Suriyadan askarlar va harbiy texnikani olib chiqib ketish uchun yuborilgan bo‘lishi mumkin.
OSINT tahlilchilari ma’lum qilishicha, "Ivan Gren", "Aleksandr Otrakovskiy", "Aleksandr Shabalin" katta desant kemalari, shuningdek, "Sparta" va "Ursa Mayor" yuk kemalari Gibraltar bo‘g‘ozidan o‘tib, hozirda O‘rta Yer dengizida joylashgan. Ushbu yuk kemalari asosan Rossiyaning Suriyadagi harbiy guruhini ta’minlash uchun ishlatilgan.
OSINT tahlilchisining xabar berishicha, bu kemalar Suriyaning Tartus shahriga o‘z harbiy uskunalar va qurol-yarog‘ini olib chiqib ketish uchun yo‘l olgan bo‘lishi mumkin.