Kiyevda Rossiyaning raketa hujumi natijasida oltita xorijiy elchixona zarar ko‘rdi, dedi Ukraina Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Georgiy Tixi.
«Bu elchixonalarning barchasi Rossiya raketa hujumi natijasida katta zarar ko‘rgan bitta binoda joylashgan. Bular Albaniya, Argentina, Falastin, Shimoliy Makedoniya, Portugaliya va Chernogoriya elchixonalari. Binoning derazalari, eshiklari va shiftining bo‘laklari singan», — dedi Tixi.
Uning qo‘shimcha qilishicha, mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, xorijlik diplomatlar jabrlanmagan.