“Hay’at tahrir ash-Shom” (HTSh) rahbari Abu Muhammad Al-Jo‘loniy Suriyada sobiq Prezident Bashar Asad hukumatini ag‘darib, boshqaruvni qo‘lga olgandan keyin mamlakatda ilk bor norozilik namoyishi kuzatildi.
"IRNA news" yozishicha, “chiqish” aynan HTSh yetakchisiga qaratilgan.
Dastlab Aleppo shahrida bir guruh ayollar turmush o‘rtoqlari va oila a’zolari qamoqdan ozod qilinishini talab qilgan. Ularning HTSh kuchlari tomonidan olib ketilishi esa ommaviy qarshilikka sabab bo‘lgani aytilmoqda.