Himoyachi Lukas Vaskes kelasi yozda “Real”ni tark etishi mumkin.
TodoFichajes portali o‘z sahifalarida xabar berishicha, 33 yoshli futbolchining qaroriga Trent Aleksandr-Arnoldning ehtimoliy shartnoma imzolashi ta’sir qilgan bo‘lishi mumkin.
Angliyalik futbolchi Madrid klubiga o‘tishi mumkin, keyin esa Vaskesning o‘yin vaqti keskin cheklanadi.
Tajribali Vaskesga "Sevilya" qiziqish bildirmoqda. Andalusiya klubi Lukas ikkinchi Xesus Navasga aylanishi mumkinligiga ishonmoqda.