Bugun 23 dekabr, 2024 yil, dushanba

КИР

Orban: "Evropa Ittifoqi Rossiya bilan Ukrainadagi mojaroda yutqazdi"

Orban: "Evropa Ittifoqi Rossiya bilan Ukrainadagi mojaroda yutqazdi"

Vengriya Yevropa Ittifoqi Ukrainadagi mojaroda mag‘lub bo‘lganiga ishonchi komil, chunki Rossiya kundan-kunga o‘z pozisiyasini mustahkamlamoqda.

Bu haqda Vengriya bosh vaziri Viktor Orban M1 telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qilgan.

Ukrainadagi vaziyat haqida gapirar ekan, u "ruslar asta-sekin jang maydonida oldinga intilayotganini" ta’kidladi.

“Kuchlar mutanosibligi yaqqol ko‘rinib turibdi”, — dedi hukumat rahbari. "Evropa Ittifoqi bu urushda mag‘lub bo‘ldi", deb xulosa qildi Orban.

Uning ta’kidlashicha, YEI rahbarlari buni inkor etishga, turli hiyla-nayranglarga va "hamma narsani ostin-ustun qilishga" harakat qilmoqda. Uning so‘zlariga ko‘ra, ularning “g‘alaba – mag‘lubiyat, mag‘lubiyat esa g‘alaba” deb tushuntirishga urinishlari Jorj Oruyellning “1984” distopik romanini yodga oladi.

Orban Vengriya hukumati hali ham Ukraina mojarosini tezroq hal etishga erishish zarur deb hisoblashini va shu munosabat bilan AQShning saylangan prezidenti Donald Trampga umid bog‘lashini tasdiqladi.

Kiritildi: Bugun 09:23. O'qildi: 1342 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!