Bugun 10 oktyabr, 2026 yil, shanba

КИР

O‘zbekiston dunyoning eng nufuzli mamlakatlari ro‘yxatida 71-o‘rinni egalladi

O‘zbekiston dunyoning eng nufuzli mamlakatlari ro‘yxatida 71-o‘rinni egalladi

O‘zbekiston World Population Review tomonidan e’lon qilingan 2026-yilgi Jahon ta’siri indeksida 100 ta davlat orasida 71-o‘rinni egalladi. Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida 34-o‘rinni egallagan Qozog‘iston ham ro‘yxatga kiritilgan.

Reytingda mamlakatlar iqtisodiy, siyosiy va harbiy ta’siri, shuningdek, xalqaro munosabatlardagi roli asosida baholanadi. E’lon qilingan ma’lumotlarga ko‘ra, Xitoy birinchi, AQSh ikkinchi va Hindiston uchinchi o‘rinni egalladi. Germaniya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Meksika va Italiya ham kuchli o‘ntalikka kirdi.

O‘zbekiston Norvegiya (72), Armaniston (80), Urugvay (82), Iordaniya (83) va Gruziya (92) dan oldinda bo‘lib, 71-o‘rinni egalladi. Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston e’lon qilingan ro‘yxatga kiritilmagan.

Kiritildi: Bugun 13:40. O'qildi: 685 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!