Bugun 10 oktyabr, 2026 yil, shanba

КИР

Malayziyada maktablar yopildi

Malayziyada maktablar yopildi

Indoneziyadagi o‘rmon yong‘inlari havoni ifloslantirgani sababli qo‘shni Malayziyada bir qancha maktablar yopildi. Bu haqda mamlakat Ta’lim vazirligi ma’lum qildi.

Havoning ifloslanish darajasi inson salomatligi uchun zararli ko‘rsatkichga yetgan. Jabrlangan hududlarga Malayziya yarim orolidagi Johor, Malakka, Negeri Sembilan, Selangor shtatlari, shuningdek, Kuala Lumpur va uning ma’muriy markazi Putrajaya kiradi.

Ta’lim vaziri Fadhlina Sidekning so‘zlariga ko‘ra, Paxang shtatining Rompin tumanidagi maktablar ham yopiladi. Shu sababli 9 oktyabr, juma kuni ta’lim muassasalari faoliyat yuritmaydi.

“Men barcha shtatlarning ta’lim departamentlari va tuman ta’lim bo‘limlaridan ifloslangan havo holatini kuzatishda davom etishni hamda vaziyat talab qilsa, zudlik bilan choralar ko‘rishni so‘radim”, dedi vazir.

Malayziyaning havo ifloslanish indeksi (API) havo sifatini 101 dan 200 gacha “zararli”, 201 dan 300 gacha “o‘ta zararli” va 300 dan yuqorini “xavfli” deb tasniflaydi.

Hukumat ma’lumotlariga ko‘ra, 9 oktyabr kuni ertalab 37 ta hududda “nosog‘lom” API darajasi qayd etilgan.

Kiritildi: Bugun 02:30. O'qildi: 575 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!