Bugun 10 oktyabr, 2026 yil, shanba

КИР

"AQShning Ukrainaga yordam bergisi kelmayapti..."

"AQShning Ukrainaga yordam bergisi kelmayapti..."

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy 8 oktyabr kuni mamlakat sharqida Rossiya bombasi hujumi oqibatida kamida 35 kishi halok bo‘lganidan keyin AQShni Kiyevga yordam berishni istamaslikda aybladi. Bu hujum tufayli so‘nggi ikki kun ichida Rossiya zarbalaridan qurbon bo‘lganlar soni 70 nafardan oshdi. Bu haqda Reuters xabar berdi.

Front chizig‘idagi Kramatorsk shahrida 8 oktyabr kuni sodir etilgan portlash ikki avtobusni vayron qildi. Oradan bir necha soat o‘tgach, Zelenskiy Vashingtonning harakatlarini tanqid qildi. Uning aytishicha, AQSh bir tomondan to‘rt yildan oshiq davom etayotgan urushda vositachilik qilishga urinmoqda, ikkinchi tomondan esa Rossiya bilan iqtisodiy aloqalarni davom ettirishga intilmoqda.

Prilukidagi jurnalistlar bilan muloqot chog‘ida Ukraina yetakchisi AQShdan o‘z iltimosini bajarishni talab qildi. U Ukrainaning Starlink sun’iy yo‘ldosh xizmatidan foydalanish imkoniyatini kengaytirishni va bu orqali Rossiyaning ballistik raketa qurilmalariga zarba berishga yordam berishni so‘radi.

“Starlink’ni Ukraina uchun oching. Eronga uni ochgansiz. Men ochiq aytdim — Starlink’ni bizga bering, osmonimizni himoya qilishimizga va ustunlikka erishishimizga yordam bering. Shundan keyingina Putin muzokara stoliga o‘tiradi”, dedi u o‘z bayonotida.

Zelenskiy Ukraina delegasiyasi muzokaralar uchun 9 va 10 oktyabr kunlari AQSh (Mayami)ga safar qilishini aytib, Qo‘shma Shtatlar prezidenti Donald Trampni Rossiyaga nisbatan sanksiyalar bosimini kuchaytirishga chaqirdi.

Kiritildi: Bugun 01:00. O'qildi: 719 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!