Davlat statistika qo‘mitasi 2019-yilning dastlabki 3 ta choragi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi tashqi savdo aylanmasiga doir hisobot chiqardi.
Joriy yilda dastlabki 9 oyi mobaynida oltin eksporti o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 2.6 marta ortgan va jami eksport mahsulotlarining 29.1 %i oltin savdolariga to‘g‘ri keladi. Hisobot davrida 3.9 mlrd dollarlik oltin eksport qilingan.
Ikkinchi o‘rinda xizmatlar (18.6 %) va uchinchi o‘rinda energiya manbalari va neft mahsulotlari (16.1 %) eksport qilingan.
O‘zbekiston har yili 70-80 tonna oltin eksport qiladi. Joriy yilda ham 80 tonna oltin sotilishi rejalashtirilgan.
Ayni payt jahon bozorida bir troya unsiya oltin bahosi 1489.28 $ni tashkil qilmoqda.