Bugun 28 sentyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

O‘zbekiston boks terma jamoasi Osiyo o‘yinlari oldidan Yaponiyada yig‘in o‘tkazadi

O‘zbekiston boks terma jamoasi Osiyo o‘yinlari oldidan Yaponiyada yig‘in o‘tkazadi

Yaponiyada o‘tkaziladigan Osiyo o‘yinlari start olishiga sanoqli kunlar qoldi. Nufuzli musobaqaga puxta hozirlik ko‘rish maqsadida O‘zbekiston boks bo‘yicha milliy terma jamoasi tayyorgarlikning so‘nggi bosqichini Yaponiyada o‘tkazish uchun yo‘l oldi.

Terma jamoa a’zolari 2–9 va 9–16 sentyabr kunlari Nisio shahridagi sport bazasida tashkil etiladigan xalqaro qo‘shma o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida ishtirok etadi. Bokschilar musobaqa o‘tkaziladigan muhitga moslashish bilan birga, murabbiylar shtabi rahbarligida tayyorgarlikni davom ettiradi.

Yig‘inga Samandar Olimov, Asilbek Jalilov, Faryozbek Do‘stmatov, Abdumalik Halokov, Sanjarbek Vaxobov, Abdurahmon Mahmudjonov, Dilshod Abdumurodov, Ilhomjon Ergashev, Shavkatjon Boltayev, Abdulloh Madaminov, Fazliddin Erkinboyev, Nurislom Ismoilov, Norbek Abdullayev, To‘rabek Habibullayev, Akmaljon Isroilov, Halimjon Mamasoliyev, Arman Maxanov va Jahongir Zokirov jalb etilgan.

Terma jamoaga To‘lqin Qilichev bosh murabbiylik qiladi. Murabbiylar shtabi tarkibidan Xuan Enrike Steyners, Rahmatjon Ro‘ziohunov, Akmal Hasanov, Davron G‘afurov, Nodir G‘ulomov, Alimardon Dostonov, Sherzodbek Ahmadjonov, Botir Mahmudov, Dmitriy Sinitskiy va Javlon Eshmatov o‘rin olgan.

Shifokor — Komiljon Rasulov, fizioterapevt — Xesus Alberto.

Kiritildi: 23:48 08.09.2026. O'qildi: 594 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!