Bugun 27 sentyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

«Manchester Siti» futboldan butunlay chetlatilishi ham mumkin

«Manchester Siti» futboldan butunlay chetlatilishi ham mumkin

«Manchester Siti» Angliya Premyer-ligasining moliyaviy qoidalarini buzish bo‘yicha ish doirasida juda jiddiy oqibatlarga duch kelishi mumkin. Bu haqda jurnalist Ben Jeykobs o‘zining YouTube-kanalida ma’lum qildi.

«Agar «Manchester Siti» Premyer-ligadan chetlatilsa, EFL qaror bilan tanishib chiqishni va APL pozisiyasini qo‘llab-quvvatlagan holda klubni o‘z musobaqalariga ham qo‘ymaslikka harakat qilishni rejalashtirmoqda.

Eng yomon ssenariyda «Manchester Siti» umuman futbol musobaqalaridan chetlatilishi xavfi ham bor. Ammo bu faqat huquqiy jihatdan mumkin bo‘lgan variantlardan biri. Shu sabab hozirdan klubga qanday jazo berilishi haqida taxmin qilish to‘g‘ri emas», — dedi Jeykobs.

EFL tarkibiga Angliya Premyer-ligasidan keyingi professional divizionlar — Chempionship, Birinchi liga va Ikkinchi liga kiradi.

«Manchester Siti» 2009–2018 yillar oralig‘ida APLning moliyaviy qoidalarini buzganlikda ayblanmoqda. Liga klubga nisbatan jami 115 ta ayblov ilgari surgan.

Ayblovlar orasida moliyaviy ma’lumotlarni taqdim etish, futbolchilar va murabbiylarga to‘lovlar, UYEFAning moliyaviy feyr-pley qoidalari, shuningdek, daromadlilik va barqarorlik talablariga rioya qilish bilan bog‘liq masalalar bor.

Hozirda ish mustaqil komissiya tomonidan ko‘rib chiqilmoqda.

Kiritildi: Bugun 14:08. O'qildi: 1151 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!