Bugun 22 iyun, 2025 yil, yakshanba

КИР

O‘zbekiston bilan Slovakiya o‘rtasidagi munosabatlar strategik sheriklik darajasiga ko‘tarildi — Sherzod Asadov

O‘zbekiston bilan Slovakiya o‘rtasidagi munosabatlar strategik sheriklik darajasiga ko‘tarildi — Sherzod Asadov

Shu yilning 9 iyun kuni Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ommaviy axborot vositalari vakillari uchun brifing o‘tkazdi.

Bu hafta mamlakatimiz tashqi siyosiy va iqtisodiy hayotida muhim voqealar juda ko‘p. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Slovakiya Respublikasi Bosh vaziri Robert Fiso bilan muzokaralar o‘tkazdi. O‘zbekiston bilan Slovakiya o‘rtasidagi munosabatlar strategik sheriklik darajasiga ko‘tarildi. Ertaga davlatimiz rahbari Bolgariya Respublikasi Prezidenti Rumen Radev bilan muzokaralar o‘tkazadi. Bugun Toshkent xalqaro investisiya forumi o‘z ishini boshlaydi. Unda 8 ming nafar delegat, shu jumladan 100 ga yaqin davlatdan 3 mingga yaqin xorijiy mehmon ishtirok etishi kutilmoqda, — deb yozadi Sherzod Asadov.

Jumladan, Bolgariya Prezidenti Rumen Radev, Slovakiya Bosh vaziri Robert Fiso, Qozog‘iston Bosh vaziri Oljas Bektenov, Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi raisi – Prezident Administrasiyasi rahbari Adilbek Kasimaliyev, Tojikiston Bosh vaziri Qohir Rasulzoda, Ozarbayjon Bosh vaziri Ali Asadov, Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi Raisi o‘rinbosari Nokerguli Ataguliyev, shuningdek, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti amaldagi raisi, Finlyandiya tashqi ishlar vaziri Elina Valtonen, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki prezidenti Odil Reno-Basso, BRIKS Yangi taraqqiyot banki prezidenti Dilma Rusef va boshqalar qatnashadi.

— forumda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ishtirok etib, nutq so‘zlaydi. Davlatimiz rahbari global xavfsizlik chaqiriqlari jahon iqtisodiyotiga o‘tkazayotgan ta’siri tendensiyalarini hisobga olib, hamkorlikning asosiy tamoyillari hamda O‘zbekistonning savdo-iqtisodiy va investisiyaviy dasturining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha o‘z fikrlarini bildiradi.
— forum doirasida birinchi marta Milliy ko‘rgazma bo‘lib o‘tadi;

Shuningdek, shu yilning 11 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xorijiy investorlar kengashining 3-yalpi majlisi bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 17:46 09.06.2025. O'qildi: 638 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!