Bugun 17 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Rossiya AQShga Eronga zarba berishdan tiyilishga chaqiruvchi signal berdi

Rossiya AQShga Eronga zarba berishdan tiyilishga chaqiruvchi signal berdi

Bu haqda Isroilning Kan 11 telekanali xabar berdi.

Moskva va Vashington orasidagi aloqalarda ishtirok etayotgan manbalarga ko‘ra, «bu tahdid emas, balki prezident Donald Trampni hujum qilish qarorini qabul qilishdan voz kechirishga urinishdir».

Shuningdek, manbalar Kan News ga Tramp oxir-oqibat Eronga qarshi harbiy harakatlarda ishtirok etishni rad etishi va diplomatik yo‘llarga tayanib davom ettirishi mumkinligini bildirdi.

Mudofaa doiralari Trampning qaror qabul qilish uchun bergan ikki haftalik muddatiga ishonish kerakmi, aniq emasligini tan olmoqda. Isroil manbalaridan biri hozirgi Isroil harbiy yutuqlarini «muxim va ilg‘or» deb atadi, ammo siyosiy yakun ko‘rinmayotganini va operasiyaning keyingi rejalari noaniq qolayotganini qayd etdi.

AQSh ishtirokisiz Isroilning Eronga qarshi operasiyasi bir necha hafta davom etishi mumkin, ammo Amerika bilan bu vazifalar ancha tezroq hal qilinishi mumkin, deb yozadi telekanal.

Kiritildi: 11:54 21.06.2025. O'qildi: 4702 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!