AQShning Eronni nishonga olgan zarbalaridan keyingi voqealar rivoji bo‘yicha ssenariylar:
1. Eron hujumga javoban Yaqin Sharqdagi amerikalik ob’ektlarga zarba beradi, Ormuz bo‘g‘ozini yopadi va AQSh urushga to‘liq aralashib ketadi.
2. Tehron birinchi hujumga javoban darhol harakat qilmaydi, urushga to‘liq kirib ketishni oldini olishga harakat qiladi. Shu bilan birga, Isroil va Eron o‘rtasidagi o‘zaro hujumlar davom etadi. Biroq, agar AQSh zarbalari yana takrorlansa, Eron ularga javob berishga majbur bo‘ladi.
3. AQSh va Isroil Eron bo‘yicha harbiy harakatlar tugaganini e’lon qiladi — «barcha maqsadlar amalga oshdi, barcha yadroviy ob’ektlar yo‘q qilindi», deb bayonot beradi. Eron ham Isroilga hujumlarni to‘xtatadi. Ehtimol, bu ssenariy Donald Tramp uchun eng maqbul variantdir. Biroq, Netanyaxu va Eronda bu borada boshqa rejalar bo‘lishi mumkin.