Germaniya mudofaa vazirligidagi Ukraina masalalari bo‘yicha shtab rahbari, general-mayor Kristian Froyding, Isroil bilan Eron o‘rtasidagi urush yaqinda Ukrainadagi harbiy vaziyatga ta’sir qilmasligini aytdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, urushning birinchi yillarida Rossiya haqiqatan ham Erondan «Shaxed» dronlari ko‘rinishida sezilarli yordam olgan. Ammo Rossiya hozir bu turdagi dronlarni mustaqil ravishda ishlab chiqarmoqda, ularni modernizasiya qildi va ishlab chiqarish hajmini oshirdi. Shunday qilib, Kreml endilikda dronlar bo‘yicha Eron yordamiga bog‘liq emas.
Bir necha oy avval Rossiyaga Eron tomonidan bir oz ballistik raketalar berilgani ma’lum bo‘ldi. Ammo hozirga qadar ulardan foydalanilgani yo‘q. Shu bois general Froyding Rossiya raketalar zaxiralariga ham ta’sir bo‘lishi kutilmayapti.