Toshkentda 11 yoshli o‘gay qizini zo‘rlagan erkak 16,5 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qilindi.
Erkak O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining bir nechta moddalari bo‘yicha aybdor deb topildi. Sud uni jabrlanuvchiga 254 million so‘mdan ortiq moddiy zararni qoplashga ham majbur qildi. Hukm chiqarilgandan so‘ng, apellyasiya instansiyasi ayblovlarning birini bekor qildi.
Toshkentda besh nafar farzandning otasi bo‘lgan shaxs ikkinchi rafiqasining 11 yoshli qizini muntazam ravishda zo‘rlab kelgan. Unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 119-moddasi (To‘rt yoshga to‘lmagan shaxsga nisbatan tabiiy bo‘lmagan shaklda jinsiy ehtiyojni zo‘rlik bilan qondirish) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi.
👉 Sud jarayoni yopiq tarzda o‘tkazildi, chunki ishda voyaga yetmagan shaxs ishtirok etgan.