Er ostidagi nishonlarni yo‘q qiluvchi bombalarni tashishga mo‘ljallangan AQShning B-2 bombardimonchilari havoga ko‘tarildi.
Fox News telekanal ma’lumotiga ko‘ra, B-2 bombardimonchilari Missuridagi Uaytmen aviabazasidan havoga ko‘tarilgan va Hind okeanidagi strategik baza – Diego-Garsiya AQSh harbiy bazasiga yo‘l olgan. Fox News bu haqda parvozlarni kuzatish tizimlariga tayanib xabar bermoqda.
Aynan ushbu turdagi bombardimonchilar GBU-57 deb nomlanuvchi bunkerga qarshi boshqariluvchi aviabombalarni olib yurish imkoniga ega. Bu bomba Eronning yer ostida joylashgan Fordodagi yadro inshootini yo‘q qilishga qodir yagona qurol hisoblanadi