Bugun 2 yanvar, 2026 yil, juma

КИР

O‘zbekiston ayollar terma jamoasi FIDE reytingida tarixiy o‘ringa ko‘tarildi

O‘zbekiston ayollar terma jamoasi FIDE reytingida tarixiy o‘ringa ko‘tarildi

Xalqaro shaxmat federasiyasi (FIDE) tomonidan 2026 yilning yanvar oyi uchun yangi reyting e’lon qilindi.

Quvonarlisi, O‘zbekiston ayollar terma jamoasi yangililangan reytingda o‘z tarixida ilk bor Top-15`talikka kirdi. Qatarda yakuniga yetgan rapid va blis bo‘yicha jahon chempionatida umumiy hisobda yaxshi qatnashgan ayollar terma jamoamiz 12-o‘ringa ko‘tarilib oldi.

Taqqoslash uchun, o‘tgan yilning shu paytida e’lon qilingan jahon reytingida terma jamoamiz 38-pog‘onani band etgandi. Ushbu reyting kuchli 10 nafar shaxmatchimizning o‘rtacha reytingi asosida tuzilgan. Umida Omonova jahon chempionatining blis bahslarida kuchli sakkiztalikdan joy olgandi. Bu ham O‘zbekiston ayollar shaxmati uchun tarixiy natija hisoblanadi.

Yangilangan reytingda AQSh terma jamoasi peshqadamlik qilmoqda. Hindiston ikkinchi, Xitoy shaxmatchilari esa uchinchi o‘rinni egallab turibdi.

O‘zbekiston ayollar terma jamoasi FIDE reytingida tarixiy o‘ringa ko‘tarildi

Kiritildi: Bugun 09:49. O'qildi: 148 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!